Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari»ga davlat kafolati ostida 66,4 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda.
Mablag‘lar Xorazm viloyatidagi Sarimoy va Navoiy viloyatidagi Muruntov aholi punktlari o‘rtasida 230 km uzunlikdagi 500 kV elektr uzatish liniyasini qurishga yo‘naltiriladi.
Loyiha energiya tizimidagi «tor joylar»ni bartaraf etishga va elektr ta’minotidagi uzilishlarni, ayniqsa, yuklama eng yuqori bo‘lgan davrlardagi uzilishlar kamayadi. Shuningdek, u bank ko‘magida ishlab chiqilgan O‘zbekiston energetikasini kam uglerodli rivojlantirish strategiyasida ko‘zda tutilganidek, qayta tiklanadigan energiya manbalarining integratsiyalashuviga ko‘maklashadi.
Loyiha tufayli yiliga issiqxona gazlari chiqindilari 4143 tonna va elektr energiyasi yo‘qotishlari 34 636 mVt⋅s ga kamayishi kutilmoqda.