Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 09:56 / 19.06.2024 2075

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 19 iyun kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi.

Hududlar:

  • Bektemir tumani: «Iyk ota» MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 18:00 gacha;
  • Yakkasaroy tumani: «Rakatboshi» MFYning ayrim hududlarida bugun soat  10:00 dan 15:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: