Toshkentda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Jamiyat 14:50 / 19.06.2024 1814

Bosh prokuratura huzuridagi departamentining Chilonzor tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.A. fuqaro Sh.Sh.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Turkiya davlati orqali aylanma yo‘llar bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishi evaziga 334 mln so‘mi olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Sergeli tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro V.G. fuqaro A.Yu.ni tanishlari yordamida Polsha davlatiga ishga yuborishi evaziga 550 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 

Ko‘proq yangiliklar: