O‘zbekistonning 16 shahrida an’anaviy ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston 11:22 / 19.06.2024 2242

Shu kuni Toshkentda oliy harbiy o‘quv muassasalari bitiruvchilari ishtirokida «Vatan qalqoni» harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi ham o‘tkaziladi.

«BYD Yangi nafas» va «Vatan qalqoni» ommaviy yugurish musobaqalarida maktab o‘quvchilari, talabalar, sayyohlar, tadbirkorlik va davlat tuzilmalari vakillari, harbiy xizmatchilar, jamoat arboblaridan iborat 60 mingga yaqin kishi ishtirok etadi.

An’anaviy ommaviy yugurish musobaqasi masofasi 3 km bo‘lib, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nurafshon, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi, Buxoro, Qorovulbozor, G‘uzor, Urganch va Nukus shaharlarining markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tadi.

Toshkentda poyga starti Yangi O‘zbekiston bog‘ida beriladi. Barcha ommaviy yugurish musobaqalari bir vaqtning o‘zida ertalab soat 07:00 da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: