Gurjiston parlamenti 14 dekabrga prezidentlik saylovini belgiladi, deb xabar berdi «Interfaks».
«Prezident saylovi birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan emas, balki parlament a’zolari hamda Adjariya va Abxaziya Oliy Kengashlari hamda mahalliy ma’muriyat vakillaridan iborat tashkil etilgan saylovchilar kollegiyasi tomonidan o‘tkaziladi», dedi spiker Shalva Papuashvili.
Uning eslatishicha, amaldagi prezident Salome Zurabishvilining olti yillik vakolati 16 dekabrda tugaydi, shuning uchun Konstitutsiyada belgilangan muddatlarda saylov o‘tkazish zarur.