"Dunyo" xabariga ko‘ra, Germaniya hukumatining migratsiya kelishuvlari bo‘yicha maxsus vakili Yoaxim Shtamp O‘zbekiston tomoni bilan erishilgan mazkur kelishuvga asosiy sabab mamlakat muhim geosiyosiy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan.
Nemis nashrlarining yozishicha, maxsus vakil Yoaxim Shtamp hozirda turli davlatlar bilan hamkorlik qilish uchun yangi hujjatlar tayyorlanayotganini ham ma’lum qilgan.
Shuningdek, GFR ichki ishlar vaziri Nensi Fezer "Handelsblatt" gazetasiga bergan intervyusida, Germaniyaga malakali ishchilarni jalb qilish va noqonuniy yo‘l bilan kirib kelgan mehnat muhojirlarini vataniga qaytarishni tezlashtirishda migratsiya kelishuvlari zarurligini ta’kidlagan.
"Vazirga ko‘ra, O‘zbekiston bilan muzokaralar qizg‘in davom etmoqda. So‘nggi ikki yil ichida joriy etilgan qonunchilik tufayli ushbu sohada katta muvaffaqiyatlarga erishildi", — deb yozgan Germaniya OAV.