Shveytsariyada jahon siyosatchilari tinchlik sammitiga yig‘ildi, Xarkiv atrofida janglar davom etmoqda. Urush suratlari

Jahon 12:17 / 16.06.2024 10376

Ukrainada urushning 843-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Shveytsariyada Ukraina tomonidan tashkillashtirilgan tinchlik sammiti ochildi. Uning birinchi kunida Volodimir Zelenskiy Shveytsariya prezidenti Viola Amerd bilan birgalikda matbuot anjumanida ishtirok etdi.
  • NYT RF va Ukraina 2022 yilgi muzokaralarda muhokama qilgan, ammo baribir imzolamagan kelishuv matnini e’lon qildi.
  • GFR kansleri Olaf Shols Putinning harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha taklifini «jiddiy emas» deb atadi.
  • Rostov oblasti gubernatori Kamensk-Shaxtinskiyga dronlar hujumi haqida xabar berdi. Ushbu shaharda raketa yonilg‘isi ishlab chiqaradigan yirik kimyoviy korxona mavjud.

Shveytsariyadagi tinchlik sammiti

Shveytsariyaning Byurgenshtok kurort shahrida 15 iyun kuni Ukraina 2022 yil kuzida taklif etgan «tinchlik formulasi»ni muhokama qilish uchun ikki kunlik sammit boshlandi. Tadbirda «formula»dagi o‘n punktdan uchtasi muhokama qilinadi — yadroviy xavfsizlik, oziq-ovqat xavfsizligi, shuningdek, asirlar almashinuvi hamda Rossiyaga deportatsiya qilingan ukrainalik bolalarni vatanga qaytarish masalalari.

Sammitga 90 dan ortiq mamlakatdan vakillar kelgan, Rossiyani bu konferensiyaga taklif etishmagan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy buni RF vakillari «barchasini bloklashi, barchasini buzishi», RF TIV esa bir necha bor Kreml har qanaqasiga taklifni qabul qilmasligini ma’lum qilgani bilan izohlagan.

Sammit ochilishida Volodimir Zelenskiy Shveytsariya prezidenti Viola Amerd bilan birga chiqish qilib, o‘z chiqishini «bugun biz diplomatiyaga imkon bergan umumiy muvaffaqiyat kuni» so‘zlari bilan boshladi. Bundan tashqari, Zelenskiy bir necha uchrashuvlar o‘tkazdi, jumladan AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris bilan uchrashuvda Ukraina uchun bir yarim milliard dollar miqdoridagi yangi yordam paketi haqida anons qilindi, uning katta qismi energetika sektorini qo‘llab-quvvatlash va energetika infratuzilmalarni ta’mirlashga yo‘naltiriladi.

Shanba kuni kechqurun yalpi majlis bo‘lib o‘tdi, unda sammit ishtirokchilari Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush borasida qisqacha bayonotlar berishdi.

Xavfsizlik xizmati xodimlari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tashrifi vaqtida Tsyurix aeroportini qo‘riqlamoqda
Michael Buholzer / Keystone / AP / Scanpix / LETA
Shveytsariyaning Byurgenshtok kurorti hududi sammit boshlanishida
Alessandro della Valle / AFP / Scanpix / LETA
Sammit ishtirokchilari konferensiya boshlanishi arafasida fotosuratchilar qarshisida
Michael Buholzer / AFP / Scanpix / LETA
Alessandro della Valle / EPA / Scanpix / LETA
Volodimir Zelenskiyning yalpi yig‘ilishdagi chiqishi translatsiyasi
Michael Buholzer / AFP / Scanpix / LETA

Toretskdagi vayrongarchilik

Donetsk oblastining front chizig‘i yaqinida joylashgan Toretsk shahri muntazam ravishda o‘qqa tutiladi. Quyida ushbu shahardan evakuatsiya qilinmagan aholining yashash sharoitlari aks etgan.

Oleg Petrasiuk / 24th Mechanized Brigade / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasiuk / 24th Mechanized Brigade / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasiuk / 24th Mechanized Brigade / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasiuk / 24th Mechanized Brigade / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasiuk / 24th Mechanized Brigade / EPA / Scanpix / LETA

Ukraina QKning Xarkiv atrofidagi artilleriyachilari

2024 yil mayida Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastida yurish boshlagandi — shundan buyon Xarkiv muntazam ravishda zarbalar ostida qolmoqda. Quyidagi kadrlarda ushbu shahar atrofidagi front chizig‘idagi janglar aks etgan.

Ukraina milliy gvardiyasining «Master» laqabli harbiy xizmatchisi D-20 zambaragidan Rossiya pozitsiyalari bo‘ylab o‘t ochmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Milliy gvardiya jangchilari D-20 zambaragini qayta o‘qlamoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Xarkiv yaqinidagi o‘rmonzorda D-20 zambaragini maskirovka qilmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Milliy gvardiya jangchilari boshpanada
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: