O‘zbekistonda ilk bor AIQAR CLUB a’zolari bilan toqqa sayohat uyushtirildi

O‘zbekiston 13:45 / 15.06.2024 10371

2024 yilning 3 iyun kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi shaharchada AIQAR elektromobilining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan "AUTO MOTORS ASIA" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan "AIQAR CLUB" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu sayohatda turli kasb egalar bo‘lgan 25dan ziyod AIQAR EQ7 elektromobil sohiblari birlashishdi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq dam olish maskanida AIQAR EQ7 krossoverlarining sohiblari ajoyib voqealarning guvohi bo‘lishdi. Ushbu zamonaviy va sifat darajasi yuqori bo‘lgan elektromobil sohiblari sayohat davomida nafaqat o‘zaro muloqot qilish, balki o‘z elektromobillarini bosib o‘tish masofasini, balandliklarga qiyinchiliksiz chiqish imkoniyatlarini, dinamikasini va boshqarishdagi qulayliklarini to‘liq sinab ko‘rish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.

Mijozlar uchun tashkil qilingan ushbu tadbir mobaynida stol tennisi, karaoke, bilyard o‘ynab vaqtlarini chog‘ o‘tkazishdi va jonli ijrodagi qizg‘in qo‘shiqlardan bahramand bo‘lishdi.

AIQAR CLUB loyihasining tashabbusi ishlab chiqaruvchi o‘z mijozlari uchun muloqot qilish va tajriba almashish platformasini yaratish orqali o‘z mijozlari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatishi mumkinligiga yorqin misoldir.

Ob-havo sharoitlariga qaramay, mijozlar uchun o‘tkazilgan tadbir unutilmas onlarga aylandi va kompaniya nomidan maxsus sovg‘alar ham taqdim qilindi.

Elektromobilni rasmiy distribyutor orqali sotib olishingiz mumkin: https://www.instagram.com/aiqar.uzbekistan_

Murojaat uchun telefon: +998 91 033 03 03

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: