O‘zbekiston Kuvaytga ho‘l va quritilgan mevalar eksportini oshiradi

O‘zbekiston 09:42 / 15.06.2024 1209

Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston va Kuvayt kompaniyalari vakillari o‘rtasida video-konferens-aloqa shaklida onlayn uchrashuvlar tashkil etildi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, ularda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlarning Kuvaytga eksportini yanada oshirish, qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish, investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, Kuvaytning KAM International Group, Al Homaizi Food Industries, Al Homaizi Food Industries va Star Fruits singari yetakchi kompaniyalari va mamlakat ishbilarmon doira vakillari O‘zbekistondan gilos va shaftoli hamda quritilgan mevalar eksportini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Onlayn uchrashuvlar davomida, shuningdek, O‘zbekistondan ho‘l va quritilgan mevalarni Kuvaytga yetkazib berish bo‘yicha transport-logistika tizimiga ham e’tibor qaratildi.

Ko‘proq yangiliklar: