Zelenskiy Putinning urushni tugatish shartlarini «ultimatum» deb atadi

Jahon 22:47 / 14.06.2024 7741

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning harbiy harakatlarni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini boshlash shartlarini «ishonib bo‘lmaydigan ultimatum» deb atadi. Bu haqda u G7 sammiti chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters. 

«Bu ultimatum shartlar, avvalgilaridan farq qilmaydi», dedi Zelenskiy. Uning fikricha, Putin «to‘xtamaydi». 

«Bu Hitlerning: «Menga Chexoslovakiyaning bir qismini bering va shu bilan hammasi tamom bo‘ladi», deganiga o‘xshash. Lekin bu yolg‘on. Keyinchalik u Polshani, so‘ngra butun Yevropani bosib oldi. <…> Biz bu xabarlarga ishonmasligimiz kerak, chunki Putin ham xuddi shu yo‘ldan ketmoqda. Bugun u to‘rtta hudud haqida gapiryapti, lekin avvalroq Qrim va Donbass haqida gapirgan edi», dedi Zelenskiy. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14 iyun kuni Ukrainada harbiy harakatlarni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini boshlash shartlarini aytib o‘tdi. Bu talablarga ko‘ra, Ukraina Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojiye viloyatlari hududidan qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketishini, shuningdek, NATOga qo‘shilish rejalaridan voz kechishini rasman e’lon qilishi kerak. Qolaversa, G‘arbning Rossiyaga qo‘ygan sanksiyalari ham bekor qilinishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: