Hokimlik zaxirasidagi 15 sotix yerni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi 

Jamiyat 13:21 / 13.06.2024 2640

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan viloyati Pop tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro Sh.Sh. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, unga “Qo‘shminor MFY” hududidagi tumani hokimligi zaxirasidagi 15 sotix yer maydonini 30 000 AQSh dollari evaziga hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini aytib, shundan 1 500 AQSh dollari va 12,7 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: