HAMAS Baydenning sulh rejasini rad etdi

Jahon 18:36 / 12.06.2024 3919

Falastinning HAMAS harakati AQSh prezidenti Jo Baydenning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi. Bu haqda isroillik rasmiylarga tayanib Reuters xabar berdi.

O‘z navbatida, HAMAS vakillari Jo Baydenning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga «ijobiy» javob berganliklarini ma’lum qilishdi. Baydenning rejasi Isroil bilan kelishuvga erishish uchun «keng yo‘l» ochadi, deyiladi HAMAS bayonotida.

Ammo Isroil rasmiylari HAMAS Baydenning rejasini rad etgan deb hisoblamoqda. Ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan isroillik mulozim HAMAS Bayden rejasining «barcha asosiy va eng muhim shartlarini o‘zgartirganini», jumladan «garovga olinganlarni ozod qilish taklifini rad etganini» ma’lum qilgan.

HAMAS faqat yana bir bor «o‘z pozitsiyasini tasdiqlaganini» da’vo qilmoqda. «Endi to‘p Isroil tomonida», degan o‘z nomini sir qolishni istagan Falastin harakatidagi manba.

Isroil bosh vazirining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Ofir Falk iyun oyi boshida Isroil rejaning asosiy qoidalariga rozi ekanini, biroq ko‘p shartlarni hali qayta ishlash zarurligini aytgan edi. «Bu unchalik yaxshi kelishuv emas, lekin biz haqiqatan ham barcha garovga olinganlarning ozod etilishini xohlaymiz», deb qo‘shimcha qildi maslahatchi.

Nashrning qayd qilishicha, na HAMAS, na Isroil AQSh prezidenti rejasida ko‘zda tutilgan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga tayyor ekanligini bildirmagan.

Ko‘proq yangiliklar: