Toshkent va Masqat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Abdusalom Hotamov Masqat muhofazi (viloyati) gubernatori Saud bin Hilol al-Busaydi bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida hududlararo hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki davlat poytaxtlarini bog‘lovchi havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish nafaqat shaharlararo, balki ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilishini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida Toshkent va Masqat shaharlari mutasaddilarining o‘zaro tashriflarini uyushtirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid

17:44 / 27.02.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida birinchi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

08:50 / 21.02.2025
Wizz Air O‘zbekiston hududida qo‘shma aviakompaniya tashkil etishi mumkin

18:46 / 10.01.2025
Yevropa Ittifoqi aviakompaniyalarga Rossiyaning beshta shahri ustidan parvoz qilmaslikni tavsiya etdi

20:30 / 28.09.2024