Tergov sudyasiga sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati beriladi

O‘zbekiston 12:12 / 11.06.2024 1488

“Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati beriladi:

quyidagilar bo‘yicha sanksiyalar:

- qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnoma;
- qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq iltimosnoma;
- pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma;
- murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;
- pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;
- tintuv o‘tkazish haqidagi iltimosnoma;
- telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma;
- mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;

quyidagilar bo‘yicha majburlov choralari:

- ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma;
- shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma;
- ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi;
- ushlab turish muddatini 48 soatga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma;
- prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomasi.

Ko‘proq yangiliklar: