Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradagi elektr uzatish tarmoqlarini demontaj qilmoqda
Elektr uzatish tarmoqlari Janubiy Koreya tomonidan qurilgan. Umumiy hisobda sanoat kompleksiga elektr energiyasini yetkazishga mo‘ljallangan 48 ta tayanch minorasi o‘rnatilgan.

Foto: Yonhap
KXDR Janubiy Koreya bilan chegarada joylashgan yopiq Keson sanoat parkiga olib boruvchi elektr uzatish tarmoqlarini demontaj qilmoqda, deb xabar beradi Yonhap agentligi.
Seul ma’lumotlariga ko‘ra, Koreya xalq armiyasi askarlari 24 noyabr kuni ish boshlagan va Kyonison yo‘li bo‘yidagi ayrim ustunlardagi elektr uzatish tarmoqlarini uzib bo‘lgan. Janubiy Koreya hukumati KXDR 2020 yil iyundan beri ishlamayotgan elektr uzatish tarmoqlari ustunlarini ham demontaj qilishini kutmoqda. Mazkur hududda elektr energiyasi ta’minoti Kesondagi Koreyalararo aloqa idorasi portlatilganidan keyin uzilgan.
Elektr uzatish tarmoqlari Janubiy Koreya tomonidan qurilgan. Umumiy hisobda sanoat kompleksiga elektr energiyasini yetkazishga mo‘ljallangan 48 ta tayanch minorasi o‘rnatilgan, ularning 15 tasi KXDR hududida joylashgan.
Shimoliy va Janubiy Koreyani 4 kilometr kenglikdagi demilitarizatsiya zonasi ajratib turadi. KXDR yil boshida o‘z chegarasiga minalar o‘rnatgan va yoritish tizimlarini olib tashlagan edi.
Oktyabr boshlarida KXDR harbiylari «janubiy chegaralarni qal’aga aylantirish» maqsadida Janubiy Koreyaga eltuvchi barcha avtomobil va temiryo‘llarini yopishga va’da bergandi. Oradan ko‘p o‘tmay Shimoliy Koreya mamlakatning yangi konstitutsiyasida Janubiy Koreya rasman «dushman davlat» sifatida belgilanishini tasdiqlagan edi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi
Jahon | 19:42
-
May ham o‘tdi, qonundan esa darak yo‘q: davlat xizmatchilari daromadi qachondan deklaratsiyalanadi?
O‘zbekiston | 19:23
-
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi
Jahon | 19:18
Mavzuga oid

18:22 / 02.07.2025
KXDR Rossiyaga 30 ming nafargacha askar yuborishi mumkin

20:31 / 01.07.2025
KXDR «frilanserlari» Amerika kompaniyalarida millionlab dollar ishlab topdi

10:48 / 01.07.2025
Kim Chen In «aqlga sig‘mas hodisa»ga guvoh bo‘ldi: uning yangi esminetsi suvga tushirish chog‘ida ag‘darilib ketdi

21:34 / 26.06.2025