O‘zbekiston va Hongkong huquqiy sohada qo‘shma bitimlar ishlab chiqadi

O‘zbekiston 14:48 / 11.06.2024 1164

"Dunyo" xabariga ko‘ra, tadbirda Hongkong maxsus ma’muriy hududi Adliya departamenti xalqaro huquqiy hamkorlik boshqarmasi o‘rinbosari, prokuror Pol Xo, katta davlat maslahatchilar Feliks Say Xoe va Shum Tik Sendi hamda davlat maslahatchisi Chan Kaxin Jyeff ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, jumladan, sohaga oid shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Pol Xo tomonlar o‘rtasida huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida bitimlarni imzolash va ularning doirasida huquqiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish hamda mavjud masalalarni tartibga solish zarurligini qayd etdi.

Uchrashuv so‘ngida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va huquqiy soha bilan bog‘liq oldinda turgan masalalarni birgalikda hal etish maqsadida o‘zaro tashriflarni tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: