83 yoshli fuqarodan nevarasi YTHga uchraganini aytib, 3 ming dollar olib ketgan shaxs ushlandi 

Jamiyat 13:39 / 11.06.2024 5600

Buxoro viloyatida yashovchi 83 yoshli D.N. ariza bilan murojaat qilib, 3000 AQSh dollari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyatida yashovchi ayol S.S. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan ayol S.S., jabrlanuvchi D.N.ga qo‘ng‘iroq qilib, uning nevarasi yo‘l-transport hodisasiga uchraganligi va zudlik bilan pul kerakligini aytib uni aldab, yashash uyiga kelib 3000 AQSh dollar pullarini olib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan S.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: