Seysmologiya instituti direktori o‘zgardi 

O‘zbekiston 14:24 / 10.06.2024 3347

Bugun, 10 iyun kuni Fanlar akademiyasi G‘.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutiga yangi direktor tayinlandi.

Fanlar akademiyasi xabariga ko‘ra, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor Voxitxon Ismoilov direktor lavozimida ish boshladi.

Voxitxon Ismoilov bungacha Seysmologiya instituti direktori o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. 

Professor Vahob Rafiqovga ko‘p yillik samarali mehnati uchun Fanlar akademiyasining tashakkurnomasi e’lon qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: