"Dunyo" xabariga ko‘ra, suhbat davomida xorijiy tomonga 2023-2030 yillarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish bo‘yicha O‘zbekistonning milliy harakatlar rejasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqot davomida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va zilzilalarni tahlil qilib ularni oldindan aytish bo‘yicha yo‘nalishlarda hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning tegishli idoralari va ISC o‘rtasida ilmiy sohada doimiy hamkorlikni va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Xalqaro seysmologiya markazi 1960 yilda YuNESKO homiyligida Britaniyada tashkil etilgan. Markazning asosiy vazifasi butun dunyodagi bo‘lib o‘tgan zilzilalarning jamlanmasini yig‘ish va tahlil qilishdan iborat. ISC hozirgi kunga kelib dunyoning 47 ta rivojlangan davlatlarining 71 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari va seysmologik markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.