Dubayda yashovchi Durov Telegram-kanalida BAAda havo harorati keskin ko‘tarilib ketganini bildirgan.
“Do‘stlarim Fransiyaning janubi kabi zamonaviy joylarga bormoqda. Fransiya fuqarosi sifatida bu davlatni dam olish uchun eng yaxshi joy ekaniga qo‘shilaman”, deydi u.
Pavel Durov Telegram bosh direktori sifatida ta’tilga chiqmasligini ma’lum qilgan.
“Foydalanuvchilarimiz bilan noodatiy joylarda uchrashish orqali ish faoliyatimni davom ettiraman”, — dedi u.
Durovga ko‘ra, bu yozda Markaziy Osiyoga tashrif buyurib, u yerda hayot qanday ekani, odamlar Telegram’dan qanday foydalanishini va ularning raqamli ehtiyojlarini o‘rganishga qaror qilgan.