Olmaotada 27 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Jahon 13:42 / 10.06.2024 8284

Bundan bir necha kun avval Olmaota shahrida 27 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Ular hozirda o‘z ish joyiga qaytdi.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, shu yil 6 iyun kuni Olmaota shahrida 27 nafar o‘zbekistonlik noqonuniy ishlagani va Qozog‘iston hududida bo‘lib turish qoidalarini buzganlikda gumon qilinib ushlangan. Ular Qozog‘iston vakolatli idoralari tomonidan o‘tkazilgan "Nelegal" respublika favqulodda profilaktika tadbiri davomida qo‘lga olingan.

Mazkur holat bo‘yicha Olmaota shahridagi O‘zbekiston bosh konsulxonasi tomonidan Qozog‘istonning vakolatli organlariga tegishli so‘rov yuborildi. Olmaota politsiyasi bilan aloqa o‘rnatilib, bosh konsulxona tomonidan kerakli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Hozirgi vaqtda 27 nafar o‘zbekistonlik ishchi o‘z ish joylariga qaytarildi. Ulardan 4 nafariga mehnat migratsiyasi sohasi bo‘yicha qonunchilikni buzganligi uchun sud tomonidan ma’muriy javobgarlik tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: