ISW: Kiyevga Rossiyadagi nishonlarga zarba yo‘llash uchun ruxsat berilgani yetarli emas

Jahon 13:32 / 10.06.2024 4920

Ukrainaga Rossiyadagi pozitsiyalarga Amerika qurollari bilan hujum qilish uchun berilgan ruxsat Rossiya Federatsiyasining «daxlsiz» hududi hajmini 16 foizdan ko‘p bo‘lmagan darajada qisqartirdi. Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlari 10 iyun, dushanbaga o‘tar kechasi e’lon qilgan so‘nggi tahliliy sharhda shunday xulosaga kelishdi

«AQShning Ukrainaning Qo‘shma Shtatlar tomonidan taqdim etilgan qurollardan foydalanishini cheklovchi siyosati Rossiya harbiy kuchlari, qo‘mondonlik va nazorat, logistika xizmatlarini himoya qilish uchun foydalaniladigan keng xavfsiz boshpana yaratdi». deyiladi hisobotda.

ISW g‘arb siyosatidagi o‘zgarishlarni «to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam» deb atadi, ammo «Rossiya Qurolli kuchlarining operatsiyalarini biron bir darajada buzish uchun yetarli emas» deb ta’kidlaydi. 

ISW hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘arb Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiya harbiy guruhining operativ qismiga va uning Rossiya hududidagi chuqur qismiga zarba yo‘llash uchun yetkazib berilgan qurollardan foydalanishiga ruxsat bergan taqdirda tegishli imkoniyat yuzaga keladi. 

Qator G‘arb davlatlari Ukrainaga Rossiyadagi harbiy nishonlarga zarba yo‘llashga ruxsat berdi 

May oyi oxirida Rossiyaning Xarkiv viloyatiga hujumlari kuchayishi fonida bir qator davlatlar Rossiyadan himoyalangan Ukrainaga Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga hujum qilish uchun taqdim etilgan qurollardan foydalanishga ruxsat berdi. Avvalroq NATO va Yevropa Ittifoqi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan g‘arb qurollaridan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga chaqirgan edi. 

Bunga javoban Moskva Qo‘shma Shtatlarni Ukrainaning unga berilgan Amerika qurollaridan foydalanish bo‘yicha bunday qarorlari «halokatli oqibatlarga olib kelishi» bilan tahdid qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbga «assimetrik javob» berilishi imkoniyati to‘g‘risida e’lon qildi.
 

Ko‘proq yangiliklar: