Rasmiy xabarga ko‘ra, Malavi mudofaa kuchlariga tegishli samolyot dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:17 da mamlakat poytaxti Lilongve shahridan havoga ko‘tarilgach, radarlardan yo‘qolib qolgan.
Samolyot parvoz boshlanganidan 45 daqiqa o‘tib Mzuzu xalqaro aeroportiga (mamlakatdagi uchinchi eng yirik shahar) qo‘nishi kerak bo‘lgan.
Tegishli xizmatlar qidiruv va qutqaruv ishlarini boshlab yuborgan. Respublika prezidenti Lazarus Makkarti Chakvera Baham orollariga rejalashtirilgan safarini bekor qilgan.
Malavi Respublikasi – Afrika qit’asining janubida joylashgan, 20 millionga yaqin aholiga ega, dunyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biri.
Eslatib o‘tamiz, 19 may kuni bortida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va yana 6 kishi bo‘lgan vertolyot Ozarboyjon bilan chegara yaqinida halokat uchragan, oqibatda ulardan hech biri tirik qolmagandi. Hodisa bo‘yicha birlamchi hisobotga ko‘ra, halokatga uchragan vertolyot bo‘laklarida o‘q izlari yoki shunga o‘xshash talafot aniqlanmagan, dispetcherlar va ekipaj o‘rtasidagi suhbatlarda shubhali hech narsa sezilmagan.