Andijonda gazli suv sotilayotgan vaqtda kislorod balloni portlab ketdi

Jamiyat 14:47 / 10.06.2024 11434

Ijtimoiy tarmoqlarda Asakada gazli suvning kislorod balloni yorilib ketgani to‘g‘risida video tarqaldi. Andijon viloyati FVB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Joriy yilning 30 may kuni Asaka tumani “Kamolot” MFY, Marg‘iloni ko‘chasi hududida 1999 yil tug‘ilgan E.K. gazlangan ichimlik suvi sotish bilan shug‘ullanayotgan vaqtida kislorod (havo) balloni yorilib ketgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Tadbirkor texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha qo‘shimcha yo‘riqnomadan o‘tkazilgan va hodisa omillari o‘rganilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: