Yuliya Timoshenko Rossiyada qidiruvga berildi

Jahon 08:01 / 08.06.2024 9117

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenkoni qidiruvga berdi. 7 iyun, shanba kuni Rossiya davlat OAV qidiruvdagi ma’lumotlar bazasidagi uning kartochkasiga e’tibor qaratdi. Timoshenko Rossiya Federatsiyasida aniq qaysi modda bo‘yicha qidiruvga berilgani aytilmagan

Timoshenko Ukrainadagi safarbarlik haqidagi qonun loyihasini tanqid qilgan

2005 va 2007-2010 yillarda Ukraina bosh vaziri lavozimida ishlagan Yuliya Timoshenko 2023 yil oxirida Ukrainadagi safarbarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini tanqid qilib, uning partiyasi uni qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi. «Ushbu versiyada (...) qonun muammoni hal qilmaydi, u samarasiz, konstitutsiyaga ziddir va bu shaklda bizning jamoamiz unga ovoz bermaydi», dedi Timoshenko o‘zining Facebook sahifasida e’lon qilingan videoda. 

Ko‘proq yangiliklar: