Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 11 iyun kuni Berlinga tashrif buyuradi va bundestagning navbatdan tashqari yig‘ilishida shaxsan birinchi marta nutq so‘zlaydi. Uning Germaniyaga tashrifi Germaniya tashqi ishlar vazirligi ishtirokida tashkil etilgan Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyaga to‘g‘ri kelyapti. Zelenskiy 11 iyun kuni federal kansler Olaf Shols bilan birgalikda konferensiya ochilishida ham nutq so‘zlaydi, deya xabar beradi dpa agentligi.
Vladimir Zelenskiyni bundestagga chaqirishni «Ittifoq-90»/«yashillar» partiyasi deputati, Germaniya-Ukraina parlament guruhi raisi, Kiyevga harbiy yordamni oshirish tarafdori Robin Vagener taklif qilgan.
Zelenskiyning bundestag deputatlari oldidagi ikkinchi nutqi
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan bir necha hafta o‘tgach, Volodimir Zelenskiy bundestag deputatlari va Germaniya hukumati oldida video-aloqa orqali chiqish qildi. Uning nutqi «Bizni qo‘llab-quvvatlang. Tinchlik qo‘llab-quvvatlang. Har bir ukrainalikni qo‘llab-quvvatlang. Urushni to‘xtating», degan chaqiriq bilan yakunlandi.
11 iyun kungi nutqida Zelenskiy Ukrainadagi harbiy mojaroni hal qilishga bag‘ishlangan tinchlik sammitidan nimalar kutayotganini aytib beradi. 15-16 iyun kunlari Shveytsariyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammitda 100 dan ortiq davlatlar ishtirok etishini tasdiqlagan.