Putin Rossiyaning yadroviy doktrinasi o‘zgarishi mumkinligini istisno etmadi

Jahon 08:26 / 08.06.2024 8108

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya yadroviy doktrinasi o‘zgarishi mumkinligini tan oldi. «Yadroviy doktrina - jonli qurol, unga o‘zgartirishlar kiritish mumkin», dedi Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi («PMEF-2024») nutqi chog‘ida. Prezident yadro quroli istisno hollarda qo‘llanishini va Rossiya yadroviy sinovlar o‘tkazishga qodirligini, biroq hozircha bunga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladi. Amaldagi yadroviy doktrinaga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi yadro qurolidan istisno hollarda, xususan, mamlakat suverenitetiga tahdid tug‘ilganda foydalanishi mumkin, dedi Putin.

Rossiyaning yadroviy doktrinasida ushbu turdagi qurolni to‘rtta holatda, masalan, Rossiya Federatsiyasi yoki uning ittifoqchilari hududiga ballistik raketa hujumi amalga oshirilganda yoki bu haqida ishonchli ma’lumot kelib tushganida qo‘llash mumkinligi belgilangan. Bundan tashqari, doktrina Rossiya Federatsiyasiga «davlatning mavjudligiga tahdid soladigan» oddiy qurollar bilan hujum qilinganda, shuningdek, muhim hukumat yoki harbiy obektlarga hujum sodir bo‘lganda yadro qurolidan foydalanishga ruxsat beradi.

Putin: Yevropa himoyasiz

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Qo‘shma Shtatlar raketa hujumlari uchun eng rivojlangan erta ogohlantirish tizimlariga ega, ammo Rossiya Federatsiyasida AQShdan «bir necha barobar ko‘p» yadro qurollari mavjud. «Bu ma’noda Yevropa himoyasiz», dedi Putin.

Shunga qaramay, Rossiya prezidenti «ish hech qachon yadroviy zarbalar berishgacha yetib bormaydi» degan fikrda. Yadro qurolidan foydalanishning hojati yo‘q, chunki Rossiya harbiy-sanoat majmuasi «o‘z samaradorligini oshirmoqda», dedi Putin.

Ko‘proq yangiliklar: