Qozog‘istonning Olmaota shahrida paravelosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonliklar umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Terma jamoa chempionat doirasida 10 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medal oldi. Musobaqada Tailand ikkinchi, mezbon Qozog‘iston esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Medalchilar
erkaklar:
- Bunyodbek Haytmahammadov (C1) oltin;
- G‘olibbek Mirzayorov (C2) oltin;
- Og‘abek Huderganov (C3) oltin;
- Azimbek Abdullayev (C5) oltin;
- Aziz Ataxo‘jayev (T1) oltin;
- Baxodir Odinayev (T2) oltin;
- To‘lqin Ravshanov (T2) kumush;
- Saidjabbor Dadaxonov (T1) bronza;
- Boymurod Yavqochev (C5) bronza;
- Abrorbek Ibrayimov (C4) bronza;
- Azizxo‘ja Olimxo‘jayev (C2) bronza;
- Muhammed ali Jo‘limbetov (C3) bronza.
Ayollar:
- Azizaxon Qosimova (C3) oltin;
- Kamola Nurillayeva (C4) oltin;
- Laziza Usmonova (T1) oltin;
- Odina Hamdamova (T2) oltin;
- Fotima Soipova (T1) kumush;
- Zarifa Mo‘minova (T2) kumush;
- Fotimaxon Haydarova (T2) bronza.