Ichki ishlar vazirligida uchuvchisiz qurilmalarni qo‘llash bo‘yicha tuzilma tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish, ommaviy tadbirlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
Bugungi kunda barcha sohalarda sun’iy intellektning o‘rni kengayib bormoqda. Insonlarga qulaylik yaratadigan dasturlar bilan birga kiberjinoyatchilik, firibgarlik usullari ham ko‘paymoqda. Bunday jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va fosh etish uchun ichki ishlar xodimi undan-da ilg‘or, ziyrak bo‘lishi kerak.
Shu bois, markazdagi uchrashuvga huquq-tartibot idoralari huzuridagi oliy o‘quv yurtlari rektorlari taklif etildi. Ulardagi o‘quv dasturlarini shu nuqtai nazardan takomillashtirish, dual ta’lim tizimini joriy etish, darslar va ilmiy ishlarning hayot bilan hamnafasligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Shu yerda ichki ishlar tizimida qo‘llanayotgan zamonaviy texnika va anjomlar namoyish qilindi.