Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yakkasaroy va Yashnobod tumanlariga tashrif buyuradi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezident jamoat xavfsizligi va sport sohalaridagi yangi obektlar bilan tanishadi.
Bundan tashqari, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechiriladi.