Anqaraga tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va rafiqasi hamrohligida Turkiya xalq amaliy san’ati va taomlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmonlarga xalq ijodi jamoalarining teatrlashtirilgan chiqishlari namoyish etildi.
Madaniy almashinuvlar qardosh xalqlarni yaqinlashtirish va do‘stligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.