Rossiyaning «Inter RAO»(Rossiyadagi elektr energiyasi import-eksport bo‘yicha yagona operator) energetika kompaniyasi kuzda O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlashi mumkin. Bu haqda kompaniya kuzatuv kengashi raisi Aleksandra Panina ma’lum qilgan.
«Rossiya elektr energiyasi kerak, u kuzgacha berilishi zarur bo‘ladi. Mening o‘ylashimcha, kuzgacha Qozog‘istonning rejalari O‘zbekiston energetika tizimiga qanday hajmlarni o‘tkazishi mumkinligi borasida aniqroq ishlab chiqiladi», - dedi u Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida.
Avvalroq, Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilev ham Rossiya va O‘zbekiston nafaqat gaz, balki elektr energiyasi yetkazib berishni sezilarli darajada oshirish bo‘yicha faol muzokaralar olib borayotganini aytib o‘tgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston elektr energiyasini Turkmanistondan, yozda esa Qirg‘iziston va Tojikistondan import qiladi. Afg‘onistonga esa eksport amalga oshiriladi.