O‘zbekistonda «yashil» iqtisodiyotga o‘tishda milliy shaffoflik tizimi joriy etiladi 

O‘zbekiston 07:14 / 07.06.2024 2311

“O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashga issiqxona gazlarining xatlovi bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:

🔹issiqxona gazlari xatlovi hisobotini tasdiqlash;
🔹xatlov tizimining ichki qoidalarini tasdiqlash va yangilab borish;
🔹issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
🔹xatlov tizimi ishtirokchilarining salohiyatini oshirish choralarini ko‘rish.

2024 yil 1 dekabrgacha milliy shaffoflik tizimi onlayn platformasi (onlayn platforma) ishga tushirilishi va uning “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasiga integratsiya qilinishi ta’minlanadi.

2025 yil 1 yanvargacha tajriba-sinov tariqasida muayyan soha, hudud va korxonalarda issiqxona gazlari ajratmalari xatlovdan o‘tkazilishi ta’minlanadi.

Bunda, onlayn platformaning faoliyati Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil” iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: