Normandiyadagi tadbirda qatnashgan Zelenskiy va Volgogradda mashq qilayotgan o‘smirlar. Urush suratlari

Jahon 16:18 / 07.06.2024 8768

Ukrainada urushning 834-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Bayden AQSh Ukrainaga Amerika qurollarini Rossiyaning ichkari hududlari, xususan Moskvaga zarba berish uchun qo‘llashga ruxsat bermaganini aytdi.
  • Rostov oblastida ukrainlar droni hujumidan keyin Novoshaxtinskiy neft zavodi yonib ketdi.
  • Belgorod oblastida ukrain dronlari neft bazaga hujum qildi.
  • Politico: Ukraina hukumati ittifoqchilar berishni va’da qilgan F-16 qiruvchi samolyotlari uchun uchuvchilarni tayyorlash jarayoni kechikayotganidan norozi.
  • Ukraina energetika vazirligi Financial Times nashrini «Rossiya manfaatlariga xizmat qiluvchi dezinformatsiya» tarqatishda aybladi.
  • Moskvada Fransiya fuqarosi qo‘lga olindi. Tergov qo‘mitasi uni Rossiya harbiy sohasiga oid ma’lumotlar yig‘ishda gumonlamoqda.
  • Xalqaro jinoiy sudga rossiyalik propagandachilar ustidan shikoyat qilingan. Huquq faollari Solovyov va Simonyanni hibsga olishga order berishni so‘rashgan.

Kun kadri. Volodimir Zelenskiy Ikkinchi jahon urushi faxriylari bilan

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ikkinchi jahon urushi davrida ittifoqchi qo‘shinlarning Normandiyaga tushirilishining (uni «D kuni» deb ham atashadi) 80 yilligi tadbirlarida ishtirok etdi. «Dunyoning birdamligi har qanday tajovuzkordan kuchliroqdir. Tarix isbotlagan: kuchlarni birlashtirib, hatto eng katta yovuzlikka qarshi turish va g‘alaba qozonish mumkin», — deya yozgan Zelenskiy o‘z telegram-kanalida marosimdagi ishtiroki haqida.

Marosimda qatnashgan urush faxriylaridan biri «Xalq xaloskori!» so‘zlarini aytib, Zelenskiyning qo‘lini o‘pishga harakat qilgan. Ukraina prezidenti uni to‘xtatgan, shundan keyin ular yana ma’lum vaqt gaplashib turishgan. Vladimir Putin va Rossiya hukumatining boshqa vakillari Normandiyaga ittifoqchilar desant tushirishining 80-yilligi tadbirlariga taklif etilmagan.

Volodimir Zelenskiy Normandiyadagi Omaxa plyajida o‘tkazilgan marosim vaqtida Ikkinchi jahon urushi faxriylari bilan ko‘rishmoqda, 80 yil muqaddam ittifoqchilar aynan shu yerga desant tushirgandi. 2024 yil 6 iyun
Virginia Mayo / AP / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Xarkiv yaqinidagi barqarorlashtirish punkti

Frontda shifokorlar ham harbiylar bilan yelkama-yelka turib xizmat qilmoqda va yarador jangchilarning hayotini asrab qolishga harakat qilmoqda. 2014 yildan Ukraina qurolli kuchlarida tibbiy yordam NATO standartlari bo‘yicha turli tabaqalarga ajratilgan. Birinchisi — oldingi chiziqda birinchi yordam ko‘rsatish, buni nafaqat tibbiy xodimlar, balki ba’zida yaradorning o‘zi ham amalga oshirishi mumkin. Ikkinchi daraja — harbiy harakatlar joyi yaqinidagi, yaradorni bir soatdan kamroq vaqt ichida yetkazib borish mumkin bo‘lgan tibbiyot punktlari tashkil etish. Ukraina qurolli kuchlarida ularni barqarorlashtirish punktlari deb atashadi.

Uchinchi darajadagi tibbiy tashkilotlar deb harbiy harakatlar hududidan uzoqda joylashtirilgan va ixtisoslashtirilgan yordamlar ko‘rsatiladigan muassasalarga aytiladi — bunday joylarda murakkab operatsiyalar o‘tkazish, kompyuter yoki magnit-rezonansli tomografiya qilish mumkin. Yirik shaharlardagi klinik markazlar esa to‘rtinchi tabaqaga mansub. Bunday joylarda oldingi darajalarda uchramaydigan yuqori texnologiyali tibbiy yordamlardan foydalanish mumkin. Va nihoyat, beshinchi daraja — reabilitatsiya bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar.

Xarkiv oblastidagi barqarorlashtirish punktida Vitaliy ismli yarador jangchiga tibbiy yordam ko‘rsatayotgan shifokorlar
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Vitaliyni barqarorlashtirish punktiga front chizig‘idan olib kelishgan. Xarkiv oblastida Ukraina qurolli kuchlari 10 maydan buyon Rossiya qo‘shinining chegara hududda boshlangan yurishini qaytarmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Harbiy medik Sergey — yarador Vitaliyni oldingi chiziqdan olib kelgan shifokorlardan biri. Barqarorlashtirish punktining asosiy vazifasi — yaradorni ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatiladigan keyingi tibbiy muassasaga olib borishga yaroqli holatga keltirish
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Volgograd oblastida yoshlarning mudofaa-sport oromgohi

Rossiya hukumati Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlangach, maktab o‘quvchilari hamda talabalarni «harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash»ga qaratilgan loyihalarni faol tarzda ilgari surishga kirishdi. Xususan, 2023 yil mayidan RFning 12 regionida «VOIN» nomli Yoshlarni harbiy sportga tayyorlash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash markazi, tashkilotchilarning qayd etishicha, uni tuzish g‘oyasini RF prezidenti Vladimir Putin qo‘llab-quvvatlagan.

Volgogradda «VOIN» bo‘limi aprel oyida​​​​​ sovet ittifoqi qahramoni A.M. Chislov nomidagi «Yunyy yastreb» sport maktabi bazasida ochilgandi
Dmitriy Rogulin / TASS / Profimedia
May oyi oxirida markazga region rahbari, birinchi chechen urushi vaqtida Rossiya qahramoni unvonini olgan Andrey Bocharov tashrif buyurgandi. Gubernator «VOIN»da bir yarim oy ichida 200 dan ortiq kursant tayyorgarlikdan o‘tgani, yozgi smena chog‘ida 2500 dan ortiq o‘smirlarni o‘qitish rejalashtirilganini aytgandi
Dmitriy Rogulin / TASS / Profimedia
Dmitriy Rogulin / TASS / Profimedia
Bocharovga ko‘ra, Volgograd oblastida yaqin 3-4 yil ichida yana bir shunday markaz qurilishi rejalashtirilgan
Dmitriy Rogulin / TASS / Profimedia
Ko‘proq yangiliklar: