Germaniyada qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarilgan energiya ulushi 2024 yilning birinchi choragida rekord darajadagi 58,4 foizga yetdi, deb xabar berdi Federal statistika boshqarmasi 6 iyun, payshanba kuni. O‘tgan yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich Germaniyada ishlab chiqarilgan barcha energiya 48,5 foizini tashkil qilgandi.
Germaniyada 2024 yilning birinchi choragida shamol, biomassa (biogaz deb ataladi), shuningdek, gidroelektrostansiyalar va fotovoltaika qurilmalaridan olingan «yashil» energiya hajmi 2023 yilning birinchi choragiga nisbatan 11,6 foizga yuqori bo‘ldi, deyiladi hujjatda.
Umuman olganda, 2024 yilning birinchi choragida Germaniya iqtisodiyotida «yashil» elektr energiyasi ulushi 2018 yilda bunday statistika boshlanganidan beri yil birinchi choragi uchun hisoblangan eng maksimum ko‘rsatkich yetdi, deyiladi press-relizda.
Shu bilan birga, Germaniyada 2024 yilning birinchi choragida ishlab chiqarilgan va elektr tarmoqlariga yetkazib berilgan tok umumiy hajmi 2023 yil birinchi choragiga nisbatan 7,5 foizga kamayib, 131,4 milliard kVt/s ga nisbatan 121,5 milliard kVt/s ni tashkil qildi.
Shamol va quyosh energiyasi
Federal statistika idorasi ta’kidlaganidek, shamol energetikasi yiliga eng sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi. Uning ishlab chiqarish hajmi 2024 yil birinchi choragida 2023 yil birinchi choragiga nisbatan 12 foizga yoki 5,0 milliard kVt/s ga oshdi.
2024 yilning birinchi choragida Germaniyada shamol energiyasidan 46,8 milliard kVt/s tok ishlab chiqarildi. Bu Germaniyada shu davrda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 38,5 foiziga to‘g‘ri keladi.
Quyosh energiyasidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 21 foizga yoki 1,4 milliard kVt/s ga oshdi. 2024 yilning birinchi choragida u 8,1 milliard kVt/s ni yoki Germaniyada shu davrda ishlab chiqarilgan barcha elektr energiyasi 6,6 foizini tashkil qildi.
Shu bilan birga, Germaniyada qo‘ng‘ir ko‘mirdan ishlab chiqarilgan energiya miqdori 11 milliard kVt/s ga yoki 28,2 foizga kamaydi. Biroq, energiya manbasining 2024 yil birinchi choragida Germaniyada ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasidagi 23 foizlik ulushi qo‘ng‘ir ko‘mir mamlakatda ikkinchi eng muhim energiya manbasi bo‘lib qolayotganini anglatadi.