Bayden: Agar Ukrainaga yordam berilmasa, Rossiya bilan urush xavfi ortadi

Jahon 07:52 / 05.06.2024 4457

Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish Rossiya haqiqatan ham bu davlatga boshqa hech qachon hujum qilmasligi kafolatini anglatadi, deb hisoblaydi AQSh prezidenti Jo Bayden. Shu bilan birga, Ukraina NATOga a’zo bo‘lishi shart emas, dedi u 4 iyun, seshanba kuni chop etilgan Amerikaning Time jurnaliga bergan intervyusida

Bayden Ukraina muvaffaqiyatsizligiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar kelajakda o‘zini himoya qila olishi uchun Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib beradigan boshqa davlatlar bilan qanday munosabatda bo‘lsa, Kiyev bilan ham xuddi shunday munosabatda bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Bayden o‘tmishda «Ukrainaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor emasligini» aytganini eslatdi. 

Bundan tashqari, Amerika prezidenti Ukrainani Rossiya Federatsiyasiga qarshi urushda mag‘lub bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, voqealar rivoji Polsha, Bolqon mamlakatlari, Belarus va mintaqadagi boshqa davlatlarning beqarorlashishini nazarda tutadi.

NATOning Rossiya bilan «urush xavfi ostida» qolishi ehtimoli haqida so‘ralganda, Bayden G‘arb Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, shunday yo‘lga tushib qoladi, deb javob berdi. «Har qanday holatda, bunday bo‘lmaydi», deb ta’kidladi u. 

AQShning Ukrainaga yordami 

So‘nggi haftalarda Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qancha yangi majburiyatlarni e’lon qildi. Aprel oyida AQSh Kongressi bir necha oylik muhokamalardan so‘ng Kiyevga 61 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni ma’qullagan edi. AQSh Mudofaa vazirligiga ko‘ra, keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Vashington Kiyevga 50 milliard dollardan ortiq harbiy yordam bergan.

Bundan tashqari, bir necha kun avval Vashington Kiyevga Rossiyadagi nishonlarga zarba yo‘llashga norasmiy tarzda ruxsat bergani ma’lum bo‘ldi. Biroq, Politico va CNN ta’kidlaganidek, ruxsat Rossiya Federatsiyasi tomonidan hujumlarga duchor bo‘lgan Xarkivni himoya qilish uchun «faqat Xarkiv viloyati bilan chegaradagi» hududlarga tegishli. 

Ko‘proq yangiliklar: