Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 iyun kuni turizm sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda turistlarni jalb qiladigan cho‘milish maskanlari yo‘qligiga to‘xtalib o‘tdi.
“Yoz kunlarida akvapark va basseynlarga talab oshishi tabiiy. Lekin turistlar uchun “magnit” bo‘ladigan birorta zamonaviy akvapark yo‘qligi qayd etildi.
Yana bir masala – tabiiy ko‘llar atrofidagi turizm imkoniyatlari ham ishga solinmayapti.
Mutasaddilarga akvapark va basseynlar tashkil etish bo‘yicha loyihalarni ko‘paytirish, ko‘llar bo‘yicha master reja ishlab chiqib, atrofini lotlarga bo‘lib, tadbirkorlarga taklif etish topshirildi”, – deyiladi davlat rahbarining matbuot xizmati xabarida.