Toshkentda ayol qo‘shnisiga kuch ishlatib, sochidan sudragan shaxs ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirildi
Holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Fuqaro ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan.

Foto: IIBB
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi ayol kishiga qo‘l ko‘targanligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yilning 1 iyun kuni taxminan soat 17:00 larda Yashnobod tumani, Ohangrabo ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida mojaro yuz bergan.
1998 yilda tug‘ilgan, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turuvchi A.A. qo‘shnisi, 1986 yilda tug‘ilgan N.X. va uning voyaga yetmagan farzandlari bilan o‘zaro tortishib qolgan. So‘ng A.A. fuqaro N.X.ni sochidan sudrab kuch ishlatgan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Fuqaro A.A. ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan.
Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid

23:25 / 26.02.2025
Toshkentda yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi oqibatida ayrim iste’molchilar gaz ta’minotidan uzildi

02:01 / 24.02.2025
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:12 / 21.02.2025
Toshkentda yerusti metro liniyasi yaqinida yong‘in yuz berdi

14:22 / 05.02.2025