O‘zbekiston turizmni faol rivojlantirayotgan mamlakatlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi 

O‘zbekiston 13:47 / 03.06.2024 1854

"O‘zbekiston so‘nggi yillarda jahon turizm bozorini eng faol rivojlantirayotgan mamlakatlardan biri bo‘ldi, – deyiladi maqolada. – Bu haqda Jahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlangan xalqaro turizm va sayyohlik bozorining holati to‘g‘risidagi hisobotda qayd etildi".

O‘zbekistondan tashqari turizmni faol rivojlantirayotgan mamlakatlar ro‘yxatiga Kot-d’Ivuar, Albaniya, Saudiya Arabistoni, Tanzaniya, Indoneziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr, Nigeriya va Salvador kirdi. Turizm bozoriga, shuningdek, AQSh, Ispaniya, Yaponiya, Fransiya, Avstraliya, Germaniya, Britaniya, Xitoy, Italiya va Shveytsariya eng katta hissa qo‘shgan.

Ta’kidlanishicha, forum tomonidan e’lon qilingan turizmni rivojlantirish indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 16 pog‘onaga ko‘tarilgan.

"Jahon iqtisodiy forumi mutaxassislari 2024 yilda xalqaro turizm bozori pandemiyadan oldingi darajaga yetishini taxmin qilmoqda", – deb yozgan Yaqin Sharq mintaqasining yetakchi nashrlari.

Ko‘proq yangiliklar: