O‘zbekiston hukumati Orolbo‘yida yana 200 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo etadi

O‘zbekiston 15:03 / 03.06.2024 3114

"Dunyo" xabariga ko‘ra, maqolada muallif o‘quvchilarni Orol dengizi inqirozi va O‘zbekiston hukumatining ushbu ekologik ofatning zararli ta’sirini yumshatish borasidagi harakatlari bilan tanishtirgan.

"Bir paytlar O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun muhim suv manbasi bo‘lgan Orol dengizi bugun butunlay chekindi, uning o‘rniga Orom qum paydo bo‘ldi. Undan ko‘tarilayotgan zararli tuz va chang esa mahalliy aholi salomatligi va qishloq xo‘jaligiga jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda", – deyiladi nashrda.

Bunga javoban O‘zbekiston hukumati Orol dengizining qurigan tubida shu kunga qadar 1,7 million gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo etdi. 2024 yilda esa yana 200 ming gektar maydonda yangi o‘rmonzorlar barpo etish rejalashtirilgan. Loyihaning asosiy maqsadi qum bo‘ronlarini kamaytirish, mahalliy ekotizimni yaxshilash hamda saksovul va boshqa cho‘l turlari kabi qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar ekishdan iborat.

Shu asnoda, eroziyani sekinlashtirish, atmosferadagi qum va tuz miqdorini kamaytirish orqali havo sifatini yaxshilash, mahalliy aholining turli kasalliklarga chalinishining oldi olinmoqda.

Qayd etilishicha, o‘rmonlarni barpo etish loyihasi mahalliy aholi uchun ham yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: