Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada birinchi marta ayol kishi prezident lavozimini egallaydi
Mexiko shahrining sobiq meri Klaudiya Sheynbaum prezidentlik saylovlarida taxminan 60 foiz ovoz oldi.

Foto: REUTERS/Quetzalli Nicte-Ha
Meksikadagi hukmron koalitsiyadan nomzod Klaudiya Sheynbaum mamlakatda prezidentlik saylovlarida ishonch bilan g‘alaba qozondi. 3 iyun, dushanba kuni mamlakat saylov komissiyasi ma’lum qilishicha, avvalroq Mexiko shahri meri bo‘lib ishlagan Sheynbaum, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, saylovchilarning 58,3-60,7 foiz ovozini olgan. Bu saylovlarda Meksika amaldagi prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorning «Milliy uyg‘onish harakati» (MORENA) partiyasi vakili g‘alaba qozonishidan ekzitpollar – saylov uchastkalarini tark etgan fuqarolar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar ham dalolat berdi.
Xuddi shu dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Sheynbaumning asosiy raqibi, «Meksika uchun kuch va yurak» o‘ng qanot partiyalari alyansidan sobiq senator Sochitl Galvesga saylovchilarning 26,6 foizdan 28,6 foizigacha ovoz bergan.
Uchinchi eng mashhur nomzod, «Fuqarolik harakati» partiyasidan Xorxe Alvares Maynes unga keyingi qarama-qarshilik imkoniyatini beradigan darajada qo‘llab-quvvatlanmadi.
Rasmiy ravishda, nafaqat prezident, balki Kongress quyi palatasi deputatlari, senatorlar, shuningdek, gubernatorlar va poytaxt meri ham saylangan saylovning dastlabki natijalari keyinroq e’lon qilinadi. Muxolifat vakillari Obradorni «meksikaliklar ovozini hurmat qilishga» chaqirib, prezidentlikka o‘z nomzodining g‘alabasini e’lon qildi.
61 yoshli Sheynbaum Yevropadan qochgan yahudiy muhojirlarning nabirasi. U Mexiko shahrining sobiq meri. Shu bilan birga, siyosatchi Obradorga ehtimoliy siyosiy yaqinlik munosabati bilan tez-tez tanqid qilinadi. Sheynbaumning karerasi ko‘p jihatdan iste’foga chiqqan prezident bilan bog‘liq bo‘lib, u talabalik davridan beri tanish bo‘lgan ustozini ko‘p yillar davomida qo‘llab-quvvatlagan. Shu nuqtayi nazardan, tanqidchilar Sheynbaumning siyosiy o‘yinchi sifatida mustaqilligiga shubha qilyapti.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

18:29 / 08.07.2025
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi

18:43 / 10.06.2025
Meksikada 42 tonna metamfetamin musodara qilindi

23:16 / 05.06.2025
AQSh qurol ishlab chiqaruvchilari Meksikaga 10 mlrd dollar tovon to‘lamaydigan bo‘ldi

23:19 / 21.05.2025