Sirdaryoda lak-bo‘yoq ishlab chiqaruvchi korxona va ikkita mashina yonib ketdi

Jamiyat 10:00 / 02.06.2024 7011

Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida joylashgan lak-bo‘yoq ishlab chiaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 1 iyun kuni soat taxminan 21:35 larda viloyat FVBga Guliston shahridagi lak-bo‘yoq ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zaruriy yong‘in-qutqaruv avtomobillari va vositalari jalb etilgan. Holat viloyat hokimligi, FVB, IIB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan soat 23:35 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida korxona binosining tom qismi hamda bino hududida bo‘lgan ikkita yuk tashuvchi avtomobil yonib ketgan.

Qayd etilishicha, hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: