Toshkentda 1 iyun kuniga rejalashtirilgan «tekinga narsa tarqatish» kabi turli aksiyalar to‘xtatildi
IIV xabariga ko‘ra, Ashxobod bog‘ida yuzaga kelgan tiqilinchda jarohatlanganlar aniqlanmagan, tobi qochganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahridagi Ashxobod ko‘ngilochar bog‘ida bugun, 1 iyun kuni soat 12:00larda tekinga o‘yinchoqlar tarqatilishi haqidagi axborot ortidan, poytaxt aholisi va mehmonlaridan iborat juda ko‘p fuqarolar bir vaqtning o‘zida bog‘ atrofida to‘plandi.
IIV xabariga ko‘ra, bog‘ga kirish va chiqish hamda ayrim ichki yo‘nalishlarda tiqilinch vaziyat hamda bog‘ga olib keluvchi va yaqin avtomobil yo‘nalishlarida tirbandliklar yuzaga kelgan.
Qayd etilishicha, hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, tiqilinchlarni va yo‘llardagi tirbandliklarni bartaraf etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatda jarohatlanganlar aniqlanmagan, tobi qochganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Shuningdek, poytaxtdagi jamoat joylarida bayram munosabati bilan tashkil etish rejalashtirilgan turli «Tekinga narsa tarqatish» kabi aksiyalar to‘xtatilgani ma’lum qilindi.
Mavzuga oid

15:32 / 16.01.2025
Ashxobod bo‘lajak O‘zbekiston-Turkmaniston tadbirlariga tayyorgarlik muhokama qilindi

15:57 / 11.01.2025
O‘zbekistonda “yashil bog‘lar” barpo etish rejalashtirilmoqda

16:31 / 25.11.2024
Xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga kiritildi

11:04 / 19.11.2024