O‘zbekistonda “yashil bog‘lar” barpo etish rejalashtirilmoqda
2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Foto: Andrey Vorobev / Yandex xaritalar
Unga ko‘ra, respublikada “yashil bog‘lar” barpo etish rejalashtirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida “Yashil bog‘lar” barpo etish uchun yer maydonlari tanlanadi, talab etilsa ajratish yuzasidan tegishli qaror yoki farmoyish qabul qilinadi.
Tanlangan (ajratilgan) yer maydonlarida “yashil bog‘lar” barpo etish uchun “Yashilloyiha” loyihalash instituti bilan shartnomalar tuziladi. Bunda, ajratilgan yer maydonlarida hudud tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va butalar turini tanlash, ekish sxemasi belgilanadi, parvarishlash, sug‘orish va uch yil muddatga biriktirish tizimlari nazarda tutilgan loyihalash va xarajatlar-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi.
Tanlangan yer maydonlarida loyiha hujjatlari asosida “yashil bog‘lar” barpo etiladi.
Barcha shaharlarni to‘liq “yashil belbog‘”lar bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan.
“Yashil belbog‘”larni barpo etish uchun yer maydonlarini belgilash, ularni belgilangan tartibda ajratish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Barpo etiladigan “Yashil belbog‘”larning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi.
Tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida tuproq va iqlim sharoitiga mos daraxt turlarini tanlagan holda “Yashil belbog‘”lar barpo etiladi.
Mavzuga oid

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

11:41 / 07.03.2025
Yerni ijaraga olish uchun auksionda boshlang‘ich narxni belgilash tartibi o‘zgardi

10:18 / 07.03.2025
DXX yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq holatlarni aniqladi

08:44 / 25.02.2025