Jamiyat | 08:44 / 25.02.2025
3109
1 daqiqa o‘qiladi

2,4 gektar yerni 95 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda fuqaro F.O.ning murojaatiga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Bosh prokuratura xabar berishicha, fuqaro T.R. Urgut tumani hududida joylashgan “R.B.N” fermer xo‘jaligiga qarashli 2,4 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 95 ming dollarga sotishga kelishib, kelgusida hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishini va’da qilgan. 

U. F.O.dan 10 ming dollar olayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid