Kogon tumanida 300 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi

O‘zbekiston 11:54 / 01.06.2024 2736

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Buxoroda odamlarni ishli qiladigan katta imkoniyat – sanoat zonalari. 

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida Kogon tumanida 1 ming gektarda yirik sanoat majmuasi barpo qilinmoqda. Birinchi bosqichda 300 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi. 

Bu – viloyat iqtisodiyotiga yiliga 250 million dollar qo‘shilgan qiymat, 2 mingta ish o‘rni, 250 milliard so‘m soliq tushumi va 100 million dollar eksport beradi.

Yangi majmua tajribasini, jalb qilingan mutaxassislar bilimini boshqa sanoat zonalariga tatbiq qilish kerakligi aytildi.

Mutasaddilarga sanoat zonalari bo‘yicha imtiyoz va sharoitlari jozibador bo‘lgan yangi qonunlar paketini kiritish topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: