Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 31 may kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi.
Hududlar:
Bektemir tumani: «Nurli yo‘l », «Musaffo» hamda «Sohil» MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 13:00 gacha;
Uchtepa tumani: «Taqachi», «Beshqayrag‘och», «Ko‘rkamobod», «Hojiobod», «latif Guzar», «Hayratiy», «A.Qodiriy», «Jurjoniy», «Quyidarxon», «Xurshid» hamda «O‘tkir» MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.