Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Yildan yilga energiya resurslariga talab oshib borayotgan zamonda ulardan oqilona foydalanish, isrofgarchilikni kamaytirishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Takliflardan biri – tashkilotlar, hududlar va ko‘chmas mulk obektlari kesimida energiya iste’moli reytingini joriy etish. Bunda Energetika vazirligi tomonidan energiya sig‘imi eng yuqori va eng past bo‘lganlarning “10 taligi” yuritilib, ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.
Taqdimotda energiyani tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar va uni amalga oshirish choralari atroflicha muhokama qilindi.
Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni aloqador vazirlik va idoralar bilan birgalikda chuqur va puxta ishlab chiqish, ko‘rsatkichlarni xalq deputatlari mahalliy kengashlari muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.