Uchrashuvda Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning AQShga eksporti ko‘lamini kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
2023 yil dekabr oyida Oltiariq uzumlarini AQSh bozoriga olib kirishga vositachi bo‘lgan ushbu kompaniya vakillari, viloyat meva va sabzavotlariga Qo‘shma shtatlarda yetarli talab borligi, shuningdek, quritilgan mevalar, konservalangan mahsulotlar, meva sharbatlari, holva va boshqa milliy shirinliklarni ham amerikalik iste’molchilarga sinov tariqasida taqdim etish ustida ish olib borayotganliklarini ma’lum qildi.
Yaqin kunlarda Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan qator mahsulotlarning sinov partiyalaridan iborat navbatdagi yuk AQShga yuborilishi bildirildi. 2024 yilda Farg‘ona uzumlari ham katta miqdorda Amerikaga yetkazib berilishi va bu masalada hozirdan barcha tayyorgarliklar ko‘rilayotgani aytib o‘tildi.