“O‘zbekistonda ovqatlanish odatlari bo‘yicha ommaviy tadqiqot o‘tkazish kerak” – Kopenhagen universitetidagi o‘zbek olimi

O‘zbekiston 14:26 / 30.05.2024 2005

Yevropaning turli universitetlarida fudomika yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqot olib borgan Bekzod Hakimov Kun.uz bilan suhbatda O‘zbekistonda fudomika bo‘yicha ommaviy skrining o‘tkazish kerak degan taklifni ilgari surdi. Olim bunday tadqiqotlar AQSh va Indoneziyada olib borilayotganini aytdi.

Unda har bir odamga anketa beriladi va nima ovqat iste’mol qilayotgani, qancha iste’mol qilayotgani kuzatib boriladi. Va kuzatuvlar natijasi asosida qon, siydikdagi moddalar metabolik darajada o‘rganiladi. Tahlillar insonlar sog‘lig‘i bilan bog‘lanadi. Agar shunday katta izlanish olib borilsa, hozirgi kunda o‘zbekistonliklarda tez-tez uchraydigan xronologik kasalliklarning noaniq sabablari, negizi topilishiga katta yordam bo‘ladi”, – dedi Hakimov.

Shuningdek, olim Kopengagen universitetidagi pishirish jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi o‘zgarishi ustida talabalari olib borayotgan izlanish haqida ham gapirib berdi.

Masalan, qozonkabob yog‘i qozonga solingandan toki ovqat pishgunga qadar yog‘dan namuna olib, zararli yog‘lar paydo bo‘lish dinamikasini o‘rganishyapti. Bu bo‘yicha izlanishning yakuniy natijalarini hali chiqarganimiz yo‘q. Lekin bir narsani aytish mumkinki, yuqori haroratda uzoq vaqt turgan yog‘da inson salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar miqdori bir necha barobar oshishi kuzatilyapti”, – dedi Hakimov. U Tadqiqotlar natijasini o‘rganishlar nihoyasiga yetganda e’lon qilishini qo‘shimcha qildi.  

Bekzod Hakimov bilan to‘liq intervyuni bu yerda o‘qishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: